Uzbekistan Airways sentyabr oyida qo‘shimcha parvozlarni amalga oshiradi

Chop etish Sahifani ulashish
27.08.2025 116 Yangiliklar

Uzbekistan Airways aholining harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish va yo‘lovchilarning ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida mahalliy yo'nalishlarida bir qator qo‘shimcha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

Toshkent – Termiz – Toshkent
1-dan 29-sentabrgacha (dushanba, chorshanba va juma kunlari)

Toshkent – Buxoro – Toshkent
9-dan 30-sentabrgacha (seshanba va juma kunlari)

Toshkent – Farg‘ona – Toshkent
6-dan 27-sentabrgacha (shanba kunlari)

Toshkent – Navoiy – Toshkent
10, 17 va 24-sentabr

Toshkent – Namangan – Toshkent
2-dan 30-sentabrgacha (seshanba va payshanba kunlari):

Parvozlar jadvali bilan tanishish va aviachiptalarni sotib olish aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida mumkin.